(+998 97) 713-12-12 Kirish

Medicine Connected

5.00

1 ta izoh
  • DU-JU 8:00-17:00
  • SH 8:00-12:00
  • YA Dam olish
Medicine Connected Klinika

Toshkent shahar, Beshyog'och ko'chasi 42А, metro Bunyodkor, mo'ljal MEDIA PARK Qoratosh, 100027

Faoliyatimizni yo‘lga qo‘yishda AQSh, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya mamlakatlari tajribasidan foydalanganmiz.

  • TELEFON

    +99871-245-36-66
    +99871-245-24-44

  • E-MAIL

    info@fertility.uz
    help@fertility.uz

O'rtacha ball

5.00

Izohlar soni

1

Klinika reytingi foydalanuvchilarning haqiqiy izohlari asosida hisoblanadi

Klinika reytingi

Faoliyatimizni yo‘lga qo‘yishda AQSh, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya mamlakatlari tajribasidan foydalanganmiz. Reproduktiv tibbiyot sohasidagi eng ilg‘or chet el tajribasini yurtimizga kiritish maqsadida ASRM, ESHRE, NICE, RCOG kabi yetakchi tashkilotlarning yuriqnomalari rus va o‘zbek tillariga tarjima qilinib, mahalliy sharoitga moslashtirildi.

Vebinarlar yaratish

Bemorlarga xizmat ko‘rsatishdan tashqari, klinikamizning ustuvor vazifalaridan biri mahalliy shifokorlar va boshqa tibbiyot xodimlarini reproduktiv tibbiyot sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar va foydali ma’lumotlar bilan tanishitirish hamdir. Shu maqsadda yuqorida nomlari sanab o‘tilgan tashkilotlarning yo‘riqnoma va protokollariga asoslangan vebinarlar (video lavhalar) yaratilib, YouTube kanalimizga joylashtirildi. Tibbiyot xodimlari uchun mo‘ljallangan vebinarlardan tashqari, bemorlar uchun, ularning mazkur sohadagi bilim va tushunchalarini oshirish uchun yaratilgan video lavhalar ham alohida ahamiyatga ega. Mazkur vebinarlar rus va o‘zbek tillarida yaratilgan bo‘lib, nafaqat hamyurtlarimiz, balki butun MDH mamlakatlari auditoriyasi uchun xizmat qiladi. 

Virtual klinika va onlayn konsultatsiya

Ma’lumki, ayrim bemorlarning o‘z yashash hududidan chiqib, Toshkentga yoki boshqa yirik shaharlarga kelishi qiyin bo‘lishi mumkin. Yoki ba’zan bemorlar klinikaga qayta-qayta tashrif buyurishga qiynalishadi. Bemorlarning uzog‘ini yaqin qilish maqsadida klinikamizda virtual klinika va onlayn konsultatsiya xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Toshkentdagi klinikamiz shifokorlari Samarqand, Urganch, Andijon, Farg‘ona va Termez shaharlaridagi bemorlarni internet orqali onlayn konsultatsiya qilish imkoniyatiga ega. 

Rejalashtirilayotgan loyihalar

Kompaniyamiz faqatgina reproduktiv tibbiyot bilan cheklanib qolmasdan, o‘z faoliyatini tibbiyotning boshqa sohalariga ham kengaytirishni rejalashtirmoqda. Buning uchun O‘zbekistonga yana ko‘plab chet el mutaxassislari jalb qilinadi. Shuningdek, chet elda malaka oshirmoqchi bo‘lgan shifokorlarimizga ham yordam berish rejalashtirilgan. 

Ayni damdagi xizmatlarimiz

Bepushtlikka tashxis qo‘yish, bachadon naylari o‘tkazuvchanligini gidrokontrast sonografiya (HyCoSy) usuli yordamida aniqlash, anovulyator bepushtlik bulgan ayollarni ovulyatsiya induksiyasi yordamida davolash, farzandsiz ayollarni EKOga tayyorlash maqsadida tuxumdon stimulyatsiyasini o‘tkazish, odatlanib qolgan bola tushishi sababini aniqlash va davolash.

Global Fertility

Klinikamizda hamkor klinikalar bilan aloqani yaqinlashtirish va chet elda davolanishni davom ettiradigan bemorlarni kutib olish, ularni mexmonxona va klinikalarga joylashtirish, o‘z vaqtida kerakli muolajalarni olishni ta’minlab berish va ularni aeroportgacha kuzatib qo‘yish, zarur bo‘lganda tarjimon va shunga o‘xshash qo‘shimcha xizmatlar bilan ta’minlab berish maqsadida Global Fertiliti bo‘limi tashkil etilgan. Bo‘lim hozirgi kunda dunyoning eng yetakchi klinikalari bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalar tuzib, kelajakda ushbu klinikalarning ish tajribalarini o‘z klinikamizda qo‘llashni rejalashtirib olgan.

O'rtacha ball

5

Izohlar soni

1

Klinika reytingi foydalanuvchilarning haqiqiy izohlari asosida hisoblanadi

Klinika reytingi

Baho bering

Quyida e'tiboringizga havola etilayotgan narxlar va klinikadagi narxlar o'rtasida farq bo'lishi mumkin!
Narxlar faqat informativ maqsadda ko'rsatilmoqda.

/uz/medbase/category/category-price-html
/uz/medbase/category/price-modal
63

Hech nima topilmadi