(+998 97) 713-12-12 Kirish

Sport tibbiyoti markazi

5.00

1 ta izoh
  • DU-JU 8:30-16:00
  • SH 8:30-16:00
  • YA Dam olish
Sport tibbiyoti markazi Klinika

Toshkent shahar, Shayxontoxur tumani, Olmazor ko'chasi, 6-uy
Mo'ljal: Paxtakor metro bekati, Konservatoriya va metro bekatlari orasidagi bino

Markaz aholining keng qatlamiga xizmat ko‘rsatish uchun ochilgan bo‘lib, barcha kerakli texnologiyalar bilan jihozlangan. Markaz 24 soat MRT xizmatini ko‘rsatadi. Xizmatlarning narxi sizga ma'qul kelishi aniq.

  • TELEFON

    +99871-241-52-45
    +99871-241-52-46
    +99871-241-88-44
    +99871-241-30-94

  • E-MAIL

    rnpssm@gmail.com

O'rtacha ball

5.00

Izohlar soni

1

Klinika reytingi foydalanuvchilarning haqiqiy izohlari asosida hisoblanadi

Klinika reytingi

Tibbiyotning yangi yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan ushbu markaz 2015- yilda ochilgan bo‘lib, uning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:

  • sport tibbiyoti sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, sport turining xususiyatini, yo‘l qo‘yiladigan jismoniy yuklamani, sport patologiyasini davolash va oldini olishning ilg‘or uslublarini, musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishda sportchilarning tibbiy nazoratini hisobga olgan holda sportchilarning funksional ahvolini diagnostika va korreksiya qilish standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • iqtidorli yosh va istiqbolli sportchilarni, ularning individual genetik va fenotipik imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlashning zamonaviy tibbiy-biologik uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • sportchilarni sport turlari bo‘yicha tayyorlashning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqqan holda musobaqalarga tayyorlashning turli davrlarida dori vositalarining, ovqatlanish tartibi va ratsionining sportchilarning fiziologik holatiga ta'sirini tadqiq qilish;
  • antidoping nazoratining samarali tizimini, shuningdek, sportda farmakologik ta'sirga ega bo‘lgan dori-darmon va boshqa vositalarning qo‘llanilishini nazorat qilish uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
  • musobaqa va mashg‘ulotlarni rejalashtirishni hisobga olgan holda sportchining individual sport jismoniy yuklamasini tekshirish va maqbullashtirish;
  • sportchi organizmining jismoniy tayyorgarligi o‘sishiga va mas'uliyatli xalqaro musobaqalarga eng yuqori funksional tayyorgarligini ta'minlashga qaratilgan ular salomatligi darajasining muttasil o‘sishini nazorat va korreksiya qilish;
  • sportchilarning xalqaro musobaqalarda qatnashishga psixologik tayyorgarligini, shuningdek, zarur psixologik korreksiyani o‘tkazishni ta'minlash;
  • sportchilarda sport jarohatlari, patologiyalari va sindromlarini, shu jumladan, Respublikaning boshqa ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalari davolash-diagnostika bazalaridan foydalangan holda, oldini olish, diagnostika qilish va davolash;
  • mamlakatda sport tibbiyoti va antidoping nazorat sohasidagi ilg‘or metodika va texnologiyalarni almashish va joriy qilish uchun bu sohadagi yetakchi xorijiy muassasalar bilan xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish;
  • sport federatsiyalari, klublari va jamoalari tibbiy xodimlarining malakasini oshirishga ko‘maklashish, ularga ilmiy-tashkiliy, maslahat-diagnostika, davolash-profilaktika va reabilitatsiya ishlari masalasida uslubiy yordam ko‘rsatish.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013- yil 25- fevraldagi "O‘zbekiston sportchilarining 2016- yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiada va XV Paralimpiada o‘yinlarida ishtirok etishga tayyorgarligi to‘g‘risida" gi PQ-1923-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013- yil 3- iyuldagi PQ-1994 - sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi 2013- yil 15- avgustdagi hamda "O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 2015- yil 1- maydagi qarorlariga muvofiq O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etilib, 2015- yil 1- maydan o‘z faoliyatini boshladi.

O'rtacha ball

5

Izohlar soni

1

Klinika reytingi foydalanuvchilarning haqiqiy izohlari asosida hisoblanadi

Klinika reytingi

Baho bering

Quyida e'tiboringizga havola etilayotgan narxlar va klinikadagi narxlar o'rtasida farq bo'lishi mumkin!
Narxlar faqat informativ maqsadda ko'rsatilmoqda.

/uz/medbase/category/category-price-html
/uz/medbase/category/price-modal
41