(+998 97) 713-12-12 Kirish

Sahifa haqida

2016 Mart 3

Tibbiyot va axborot texnologiyalari sohasi bilimdonlari, g‘ayratli mutaxassislardan tarkib topgan jamoamiz Askdoctor.uz loyihasi ustida 2015- yildan beri ishlab kelmoqda. Yurtimizdagi xususiy klinikalar va tibbiyot muassasalari haqida to‘liq ma’lumot olish, interfaol xizmatlardan foydalanish, xususan, maxsus sayt va mobil ilova yordamida shifokorlardan maslahatlar olish uchun mazkur portaldan foydalaning.


Portalning maqsadi:

- Sizni salomatligingizga oid ishonchli va foydali ma’lumotlar bilan ta’minlash;

- Tibbiy ma’lumotlarni barcha uchun tushunarli qilish;

- Aholini tibbiy savodxonligini oshirish;

- Qulay va tushunarli onlayn-xizmatlarini ishlab chiqish va mahalliy tibbiyotimizni zamonaviylashtirish.


Biz portalimizni yanada qulay va foydali bo‘lishiga doir har qanday fikr va tavsiyalarni siz aziz mushtariylarimizdan qabul qilishdan boshimiz osmonga yetadi. Biz bilan info@askdoctor.uz elektron pochtasi orqali bog‘lanishingiz mumkin.