(+998 97) 713-12-12 Kirish

Foydalanish shartlari

2016 Mart 3

Foydalanuvchi roziligi qo‘shilish shartnomasi hisoblanadi va bu Foydalanuvchining shartlarga roziligi bilan ifodalanadi. Haqiqiy Foydalanish Shartlarining tomonlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadilar: bir tomondan OOO "ZAMON GROUP" (Operator), ikkinchi tomondan Foydalanuvchi – Foydalanish shartlarini o‘ziga qabul qilayotgan jismoniy shaxs. Saytda keltirilgan ma’lumotlar yoki xizmatlardan foydalanishga qiziqish tug’dirgan Shaxs, birinchi navbatda saytda ishlashni boshlashdan avval Foydalanish Shartlari bilan tanishib chiqishi shart. Foydalanish Shartlarining ajralmas qismi bo‘lib, Saytda Operator tomonidan ishlab chiqilgan Foydalanuvchiga tegishli ma’lumotlar hisoblanadi. Foydalanuvchining saytdagi ma’lumot/xizmatlardan ro‘yxatdan o‘tgan holda yoki ro‘yxatdan o‘tmagan holda foydalanishi Saytning foydalanish shartlariga o‘z-o‘zidan bevosita roziligini tasdiqlaydi. Operator istalgan vaqtda va o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda joriy foydalanish shartlarini o‘zgartirishga haqlidir. foydalanish shartlariga kiritilgan barcha o‘zgartirishlar Foydalanuvchilarga o‘zgartirishlar kuchga kirgunga 1 (bir) kalendar kunidan ko‘p bo‘lmagan vaqtda Saytda e’lon qilish orqali yetkaziladi. Qilingan o‘zgartirishlarga qisman yoki to‘la norozi foydalanuvchi o‘zgartirishlar o‘ziga ma’lum bo‘lgan paytda saytdan foydalanishni to‘xtatishi va shaxsiy ma’lumotlarini (login va parol) saytdan o‘chirib tashlash haqidagi bildirishni operatorga yetkazib qo‘yishi lozim. Foydalanuvchi tomonidan yuqoridagi harakatlar (o‘zgartirishlarga noroziligi)ning bajarilmasligi bevosita uning o‘zgartirilgan shartlarga roziligini bildiradi. Foydalanuvchining Foydalanish shartlarining yangi holati va shartlarini e’tibordan chetda qoldirishi uning ro‘yxatdan o‘tganligini bekor qilishi yoki uni saytga kirishini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yishi mumkin. Operator foydalanuvchi va uchinchi shaxs oldida o‘zgarishlar, saytga kirishning cheklanishi uchun hech qanday majburiyatni olmaydi. Foydalanuvchi yangi o‘zgartirilgan foydalanish shartlariga amal qilmagan yoki boshqa foydalanuvchilar huquqlarini buzgan hollardan kelib chiqadigan moddiy zararni o‘zi qoplashga majbur.


1. Atamalar va izohlar:

1.1. http://www.askdoctor.uz sayti – veb-sayti o‘zida tibbiyot sohasida ma’lumotlarga ega bo‘lgan va tibbiy xarakterdagi ma’lumot olishga qiziqqan va uning natijasida tibbiyot muassalaridagi xizmatlardan foydalanish istagini bildirgan foydalanuvchilarni birlashtiruvchi Internetdagi kommunikatsion portal hisoblanadi. Saytda keltirib o‘tilayotgan ma’lumotlar bemor va shifokor o‘rtasidagi aloqani o‘rnini bosish uchun emas, balki uni yanada osonlashtirishga qaratilgan.

1.2. Sayt operatori –«ZAMON GROUP» MChJ.

1.3. Sayt foydalanuvchisi – ma’lum tartibda o‘rnatilgan foydalanish shartlariga amal qiladigan jismoniy shaxs.

1.4. Mutaxassis – saytda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida qo‘shimcha hujjatlarni keltirib o‘tgan sayt foydalanuvchisi.

1.5. Saytda ro‘yxatdan o‘tish – foydalanuvchi tomonidan amalga oshiriladigan bepul, o‘z hohshiga ko‘ra va o‘zi haqidagi ma’lumotlarni bazaga kiritish jarayoni.


2. Umumiy shartlar:

2.1. Sayt operatori saytda barcha huquqlarga ega. Saytdan joy olgan barcha tekstli ma’lumotlar, grafik rasmlar operatorning intellektual mulki hisoblanadi.

2.2. Saytda keltirilgan ma’lumotlar va xizmatlardan kengroq miqyosda foydalanish uchun Foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish lozim. Ro‘yxatdan o‘tish oxirida foydalanuvchi shaxsiy sahifaga ega bo‘ladi.

2.4. Foydalanuvchilar saytda joylashtirilgan tibbiy ma’lumotlar bilan tanishishlari va tibbiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin, shuningdek, tibbiyot sohasida mutaxassislar maslahatlari va ularning xizmatlaridan ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

2.5. Foydalanuvchilarga o‘z tibbiy maslahatlarini va xizmatlarini ko‘rsatishni istagan Mutaxassislar saytda majburiy qo‘shimcha ro‘yxatdan o‘tadilar, u yerda ular o‘zlarini shaxslarini va mutahassisliklarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini taqdim etadilar. Operator mutaxassislar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning sohtaligi yoki to‘g’riligiga javob bermaydi.

2.6. Operator foydalanuvchi va shu qatori mutaxassis uchun saytdan foydalangan holda ularning uchrashuvlarini hosil qilib beradi. Bunda operator foydalanuvchilarning va mutaxassislarning shaxsiy sahifalarini tuzishda ishtirok etmaydi, ularning saytdan foydalanish davomidagi harakati va harakatsizligini boshqarmaydi va u uchun javob bermaydi. Operator sayt foydalanuvchilariga hech qanday tibbiy xizmatni taklif qilmaydi va uni amalga oshirmaydi, boshqa foydalanuvchilar, masalan, mutahassis tomonidan taklif qilinayotgan ma’lumot yoki xizmatlarga ham hech qanday kafillik bermaydi.

2.7. Saytning maqsadi:

• tibbiy xarakterdagi ma’lumotlarni yetkazish;

• tibbiy muassasani tanlashda va unga murojaat qilishda maslahat va ma’lumotlar bilan ta’minlash;

• va boshqa xizmatlar.


3. Saytda ro‘yxatdan o‘tish.

3.1. Tibbiy xarakterdagi ma’lumot va/yoki xizmatga qiziqqan har qanday jismoniy shaxs saytda Foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishga haqli.

3.2. Saytda Foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish bepul va ihtiyoriy.

3.3. Tibbiy xarakterdagi ma’lumot va/yoki xizmat haqida qiziqqan shaxs saytda ro‘yxatdan o‘tish uchun standart ro‘yxatdan o‘tish formasini to‘ldirishi va bunda o‘zi haqida ishonchli va muhim ma’lumotlarni har bir foydalanuvchi uchun umumiy bo‘lgan shaxsiy sahifada ko‘rsatib o‘tishi lozim. Saytning ro‘yxatdan o‘tish formasi yana qo‘shimcha ma’lumotlarni ham so‘rashi mumkin.

3.4. Ro‘yxatdan o‘tish formasini to‘ldirgandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tishni tasdiqlash lozim.

3.5. Yuqoridagi punktlarda ko‘rsatib o‘tilgan ro‘yxatdan o‘tish bilan bog’liq qadamlar bajarilgandan keyin saytda foydalanuvchi uchun shaxsiy sahifa ochiladi. Bir shaxs saytda faqat bitta shaxsiy sahifani ro‘yxatdan o‘tkazishga haqli.

3.6. Agarda ro‘yxatdan o‘tish vaqtida foydalanuvchi o‘zi haqida noto‘g’ri yoki qalbaki ma’lumotlarni kiritsa va operatorda bunga subyektiv dalillar bo‘lsa, operator ro‘yxatdan o‘tishni bekor qilishi yoki ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchini o‘z shaxsiy sahifasiga kirishiga yo‘l qo‘ymaslikka haqlidir.

3.7. Foydalanuvchi tomonidan tanlangan login va parol uning shaxsiy sahifasiga kirishi uchun yetarli va muhim ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi.


4. Saytdan foydalanish

4.1. Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin foydalanuvchi o‘z shaxsiy sahifasini hosil qilish, undan foydalanish va holatini aniqlash huquqiga ega bo‘ladi va u yerda o‘z sog’lig’i haqidagi ma’lumotlarni aks ettiruvchi tibbiy kartochkaga ega bo‘ladi.

4.2. Foydalanuvchi o‘z tibbiy kartasiga boshqa foydalanuvchilarning qanday yo‘l bilan kirishini o‘zi mustaqil hal qiladi.


5. Shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash va ulardan foydalanish

5.1. Shaxsiy sahifadan o‘rin egallagan foydalanuvchi va uning salomatligiga doir ma’lumotlarni joylashtirilishiga va unga kirish yo‘llariga operator javob bermaydi.

5.2. Foydalanuvchining login va paroli orqali saytga kirib qilingan har qanday harakat foydalanuvchining o‘zi tomonidan qilingan, deb hisoblanadi.

5.3. Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida foydalanish shartlariga rozilik bildirish bilan foydalanuvchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlari va shaxsiy sahifasida keltirib o‘tganlari ustida operatorning qayta ishlashiga roziligini bildirgan hisoblanadi.

5.3.1. Operator foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlash vaqtida uning begona qo‘llarga tushishiga, ularning o‘zgartirilishiga, ommaga havola bo‘lishiga yoki o‘chib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha kerakli tadbirlarni amalga oshiradi.


6. Sayt ishlashining o‘ziga hosliklari

6.1. Operator saytning ishlashi va ishga yaroqliligi, agarda saytda texnik muammolar va ishlashida nosozliklar bo‘lsa, uni operativ tarzda qayta tiklashini ta’minlaydi

6.2. Operator xohlagan vaqtida saytni tuzilishini, xizmatlar ro‘yxatini, ishlatilgan skriptlarni o‘zgartirishni va to‘ldirishni, programmalar ta’minotini foydalanuvchiga xabar berib yoki bermasdan o‘zgartirish qilishga haqlidir.